Italiyalik fermer Dario Gambarin özining traktorida Verona yaqinidagi dala maydonida Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning 200 metrlik suratini yaratdi.
Gambarin surat yuqorisida ikkita raketani tasvirlagan, ostida esa ingliz tilida "Xavfli" degan yozuvni bitgan.

Surat maydoni 22 ming kvadrat metrni, uzunligi 250 metrni, eni esa 90 metrni taşkil qiladi. Ta'kidlanişiça, fermerga bu suratni yaratiş uçun 5-6 soat vaqt kifoya qilgan.
"Kim Çen In katta xavfga ega yadroviy sinovlar ötkazadi. Yana Donald Tramp ham bor, u kuçli şaxs bölgani sabab Kim Çen Inga böş kelgisi yöq. Biroq ular insoniyat yeri bilan öynaşişmoqda: biz yadro uruşiga kirişimiz uçun bitta bomba kifoya qiladi", deb aytmoqda fermer.
Gambarin Gamburgda ötgan "Katta yigirmatalik" sammiti oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin suratini yaratgandi. Umuman olganda, iste'dodli fermer bunday suratlari bilan bir neça yil avval tanilgan. Uning asarlari orasida AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama, Kubaning sobiq yetakçisi Fidel Kastro, Rim papasi Frantsisk va boşqa maşhur odamlarning suratlari bor.











