Italiya A Seriyasi 23-turi doirasida «Jyenoa» öz maydonida «Verona»ga qarşi maydonga tuşdi.

Uçraşuvning 17-daqiqasida Iliç mehmonlarni hisobda oldinga çiqarib, tanaffusga «Verona»ni ğolib sifatida olib çiqdi – 0:1.

Ikkinçi bölim boşida zaxiradan maydonga tuşgan Eldor Şomurodov ikki daqiqa ötar-ötmas «Verona» darvozasiga gol urib, hisobni tenglaştirdi – 1:1.

Biroq genuyaliklarning quvonçi uzoqqa çözilmadi. 61-daqiqada Faraoni himoyadagi xatolikdan foydalanib, «Jyenoa» darvozasiga ikkinçi golni kiritdi – 1:2.

Nihoyat, 90+4-daqiqaga kelib «Jyenoa» hisobni tenglaştirişga erişdi. Burçak zarbasidan keyin Badel ajoyib zarbasi bilan mezbonlarni mağlubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

Natijada «Jyenoa» 26 oçko bilan 11-örinda qolgan bölsa, «Verona» 34 oçko bilan 9-örinda qoldi. 

Qayd etiş joiz, uşbu bahs bilan genuyaliklarning A Seriyadagi ketma-ket mağlubiyatsiz öyinlari soni 7taga yetgan bölsa, Eldorning mavsumdagi gollari soni 3taga yetdi.

A Seriya. 23-tur

Jyenoa – Verona 2:2

Gollar: 0:1 – 17 Iliç, 1:1 – 48 Eldor Şomurodov, 1:2 – 61 Faraoni, 2:2 – 90+4 Badel.
Jyenoa – Perin, Çiborra (Pellegrini, 46), Masello, Krişito, Dzappakosta, Badel, Radovanoviç, Zayts (Eldor Şomurodov, 46), Strotman (Pandev, 67), Pyatsa (Rovella, 55), Destro (Skamakka, 67).
Verona – Silvestri, Gyunter, Lovato (Çetin, 46), Manyani, Faraoni (Ronaldu Viyeyra, 68), Tamez, Lazoviç, Dzakkani (Bessa, 82), Iliç (Velozu, 82), Barak, Lazanya.