Italiya A Seriyasi 4-turi doirasidagi sönggi öyin «Verona» va «Jyenoa» örtasida keçdi.

Quvonarlisi, uşbu öyinda genuyaliklar safida özbekistonlik forvard Eldor Şomurodov öz debyutini ötkazdi. U A Seriya tarixida asosiy tarkibda maydonga tuşgan özbekistonlik ilk futbolçi böldi. 

Yangi jamoasi safidagi birinçi öyinda 63-daqiqagaça maydonda bölgan Eldor öyinda ança işonçli harakat qildi.

Yakunda «Jyenoa» joriy yilgi çempionat doirasida safarda ilk oçkosini qölga kiritdi - 0:0. 

Uşbu durangdan keyin «Jyenoa» 3 öyinda 4 oçko töplab, A Seriya turnir jadvalida 11-öringa kötarilgan bölsa, «Verona» 7 oçko bilan 7-öringa çiqdi.

Italiya A Seriyasi. 4-tur.

Verona – Jyenoa 0:0
Verona – Silvestri, Çekkerini, Lovato, Alan Emperor (Dimarko, 67), Faraoni, Tamez (Salsedo, 81), Lazoviç, Iliç, Ronaldu Viyeyra, Kolli (Dzakkani, 81), Favilli (Kaliniç, 60).
Jyenoa – Perin, Çiborra, Masello, Bani (Goldaniga, 69), Gilone, Badel (Bexrami, 79), Rovella (Ebong, 79), Radovanoviç, Sapata, Eldor Şomurodov (Skamakka, 63), Pandev (Parijini, 79).
Ogohlantirişlar: Badel (11), Pandev (42), Tamez (53), Gilone (54), Goldaniga (85).