«Turkiston» saroyida 3 may kuni Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov ğolib va sovrindorlarini taqdirlaşga bağişlangan tadbir bölib ötdi. 

Tadbirda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat taşkilotlari vakillari, matbuot xizmatlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan xorijiy diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi. 

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari, «Oltin qalam» XI Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov taşkiliy qömitasi raisi O‘.Mirzayorov va boşqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ommaviy axborot vositalari izçil rivojlanayotgani, jurnalistlar har tomonlama qöllab-quvvatlanayotgani soha xodimlarini yangi ijodiy marralar sari ilhomlantirayotganini ta'kidladi. 

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş konsepsiyasiga muvofiq ommaviy axborot vositalari faoliyatiga oid milliy qonunçilik takomillaştirildi. Özbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi qonuni fuqarolarning axborot sohasidagi huquqlarini töla ta'minlaş, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oşiriş yuzasidan mas'uliyatini kuçaytiriş, ular faoliyati haqida jamoatçilikni keng xabardor etişga xizmat qilmoqda. 

Prezidentimiz taşabbusi bilan ta'sis etilgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov sohani yanada rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon matbuot erkinligi kuniga bağişlangan tanlov Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi tomonidan Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Milliy teleradiokompaniya, Madaniyat va sport işlari vazirligi, “Uzreport” axborot agentligi va Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi hamkorligida ötkazilmoqda. 

Tanlov televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yönalişlari böyiça ötkaziladi. Unda bitta Boş milliy mukofot, har bir yönaliş böyiça uçtadan mukofot hamda “Eng yaxşi matbuot xizmati” va “Eng yaxşi fotoreportaj uçun” rağbatlantiruvçi nominatsiyalar ta'sis etilgan. 

“Oltin qalam” tanlovida ötgan yillar davomida 5 mingga yaqin jurnalist 70 mingga yaqin ijodiy materiali bilan qatnaşgan. Bu yilgi tanlovda 510 ijodkor 8 ming 500 ga yaqin materialni taqdim etgan. 

“Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovda Boş milliy mukofot sohibi, televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yönalişlari böyiça ğoliblar, şuningdek, “Eng yaxşi matbuot xizmati”, “Eng yaxşi fotoreportaj uçun” rağbatlantiruvçi mukofotlar sohiblari aniqlandi.