2016 yilning 4 may kuni Jizzaxda abonentlarga xizmat körsatiş böyiça yangilangan ofis oçildi. Bu haqida Ucell kompaniyasi Press-ofisi xabar berdi.  Tantanali marosim operatorning  köplab faxrli mehmonlari,  abonent va hamkorlari, OAV vakillari iştirokida ötdi. 

Jizzaxdagi yangilangan ofisning oçilişi  kompaniyaning abonentlarga xizmat körsatiş tarmoğini modernizatsiya qiliş böyiça loyiha doirasida amalga oşirildi.  Loyiha  kompaniya idoralarining intererini  zamonaviy dizaynda, ekologik materiallardan foydalangan holda nordik usulda bezaş hamda xizmat körsatiş standartlarini yanada takomillaştirişni közda tutadi. Kompaniya top-menejyerining fikriça, servis xizmatini körsatişda mebel uslubi va qulayligidan tortib, xodimlarning professional bilim va könikmalarigaça – barçasi  muhim ahamiyat kasb etadi.  Kompaniya mijozi qanday mintaqada bölişidan qat'iy nazar, u eng yaxşi xizmatga loyiq – mobil operatorning biznes falsafasi ham şundan iborat. Bugungi kunda Ucell kompaniyasi butun mamlakat, şu jumladan Jizzaxda joylaşgan 23 ta idorasiga ega.

“Joriy yilda biz öz abonentlarimizni köplab yangiliklar  bilan quvontirişga ulgurdik, - deya ta'kidladi Ucell kompaniyasi boş direktori Tonu Gryunberg. – Ularning barçasi asosan bizning narx borasidagi takliflarimiz, qoplaş hududini kengaytiriş, aloqa sifatini yaxşilaşga oid edi. Şunda qaramay, Ucell kompaniyasining ustuvor maqsadlaridan biri sifatli abonent servisi bölgan va bölib qoladi. Biz öz mijozlarimizni  butun Özbeksiton böylab joylaşgan  şinam zamonaviy ofislarda kutib olib, ularga turli-tuman xizmatlarni taklif etişdan mamnunmiz”.

Yangilangan ofisda Ucell kompaniyasining barça abonentlari uyali aloqa xizmatlarini taqdim etiş böyiça şartnoma tuzişlari, qöşimça xizmatlarni yoqtirişlari, hisob raqamlarini töldirişlari, malakali mutaxasislarning  uyali aloqa va Ucell xizmatlariga oid  har qanday masalalar böyiça maslahatlarini olişlari mumkin. Boşqaça aytganda, heç bir mijoz uni qiziqtirgan axborot yoki xizmatga ega bölmay ofisdan ketmaydi.

Ucell kompaniyasi abonentlaridan biri Baxtiyor Jörayev taassurotlari bialn örtoqlaşdi:  “ Men 7 yil mobaynida Ucell kompaniyasi xizmatlaridan foydalanaman. Bu kompaniya doim  rivojlanib borayotgani meni quvontiradi. Doimo turli aksiyalar ötkazadi, bonuslar beradi, mamlakat aholisi, bolalar uçun hayrli loyihalarni amalga oşiradi. Qolaversa, internetdan foydalaniş imkoniyatlari kengaygani uçun ham Ucell abonenti böliş menga yoqadi. Fursatdan foydalanib, Ucell kompaniyasiga yanada ravnaq topişini tilayman!”