Londonning «Arsenal» jamoasi «Lester» yetakçilaridan biri N'Golo Kantening agenti bilan uni öz safiga qöşib oliş maqsadida faol ravişda muzokaralar ötkazmoqda. RMC Sport xabariga köra, londonliklar jamoasi futbolçining şartnomasida belgilangan 25 mln yevro miqdoridagi mablağni tölaşga tayyor.
«Kanonirlar» boş murabbiyi Arsen Venger yozgi transferlar vaqtida yarim himoya çiziğini mustahkamlamoqçi va Kante uning transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi böladi. Londonliklar hozirça «Lester» rahbariyatiga bu böyiça aniq taklif yubormagan va avvaliga futbolçi bilan özaro kelişuvga erişib olmoqçi. Ayni vaqtda «Arsenal» va N'Goloning agenti örtasida şartnoma şartlari böyiça muzokaralar davom etmoqda.
Bundan oldinroq, tayanç yarim himoyaçisi ampluasida harakatlanuvçi Kantega «Çelsi» va «Mançester Siti» jamoalaridan qiziqişlar mavjudligi borasida xabarlar tarqalgandi.
Joriy mavsumda 25 yoşli fransiyalik futbolçi Kante jamoasi bilan Premer-liganing 35 uçraşuvida maydonga tuşdi va bir gol urib 4ta golli pas muallifi böldi.

«Arsenal» Mahrez va Kanteni kaşf qilgan «Lester» skautini öz safiga qöşib oldi
«MYu» «Lester» bilan Kantening transferi böyiça muzokara ötkazadi
«PSJ» sport direktori «Lester» futbolçisi Kante bilan transfer masalasi böyiça gaplaşib oldi
«Real» dekabr oyida Kanteni yetarliça maşhur emasligi uçun sotib olişga rozi bölmagan











