AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedi maxfiy xizmatining sobiq agenti Klint Xill özining yangi kitobida prezidentning şaxsan özi rafiqasi Jaklin Kennedi ortidan uning Gretsiyaga 1961 yildagi safari davomida kuzatişni iltimos qilgan, çunki prezident rafiqasini gretsiyalik milliarder Aristotel Onassisga raşk qilgan, deb yozmoqda Daily Mail naşri.
Xillning aytişiça, Kennedi Oval kabinetda unga – Jaklin Kennedi qöriqçisiga antiqa vazifa, ya'ni safar davomida birinçi xonimning gretsiyalik milliarder bilan uçraşmasligi ortidan kuzatişini buyurgan, çunki Onassis ayollarga öçligi bilan maşhur bölgan.
Xillning ta'kidlaşiça, Kennedi gretsiyalik magnatga nisbatan vasvasa his qilgan, çunki u "birinçi xonimni albatta öziga rom qilişga urinib köradi", deb hisoblagan.
Biroq bu voqeadan ikki yildan keyin Kennedi rafiqasiga yangi tuğilgan farzandi Patrikni yöqotgani sababli çekayotgan azoblarini yengillaştiriş maqsadida grek bilan uning yaxtasida Örta Yer dengizida vaqt ötkazişga ijozat bergan.
Onassis Kennedining ölimidan 5 yil ötib, 1968 yilda prezidentning bevasi Jaklin Buve Kennediga uylangan.












