Jon Kennedi qotilida «yordamçilar bölgan», dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp radioboşlovçi Kley Trevis bilan suhbatda.

Jurnalist Trampdan 1963 yilda AQŞ prezidenti Jon Kennedining öldirilişi böyiça Federal qidiruv byurosining (FQB) ilgari maxfiy bölgan hujjatlari haqida söradi.

«Siz bu hujjatlarni maxfiylikdan çiqarişni buyurdingiz. Hali ham Osvald Kennedini öldirgan deb öylaysizmi?» söradi radioboşlovçi.

«Ha, men har doim şu versiyani yoqlaganman. Lekin, albatta, unga yordam berişgan», dedi Tramp.

Şu bilan birga, Amerika prezidenti Kennedi ölimi tergovi bilan boğliq oşkor qilingan hujjatlarni «ta’sirli emas» deb atadi. U, şuningdek, Kennedi qotilining şeriklari borligi haqida heç qanday dalil keltirmadi.

1963 yil noyabr oyida Jon Kennedi Dallasda prezident korteji şahar böylab ketayotganda öldirildi. Politsiya sobiq harbiy Li Harvi Osvaldni hibsga oldi va aybladi. Suiqasdni tergov qilgan Uorren komissiyasi Osvald haqiqatan ham jinoyatda aybdor ekanligini va yakka özi harakat qilganini oçiqladi.

Şunga qaramay, Amerika Qöşma Ştatlarida Kennedining öldirilişi haqida hali ham bir qança fitna nazariyalari mavjud. Masalan, uning jiyani Robert Kennedi prezidentning ölimida Markaziy razvedka boşqarmasi (CIA) aloqadorligini da’vo qilgan.

AQŞ Milliy arxivi Donald Trampning 23 yanvardagi buyruğidan söng, 19 mart kuni Kennedi ölimi tergovi böyiça 1123 ta hujjatni e’lon qildi. Amerika prezidenti jami 80 ming sahifaga yaqin yangi ma’lumotlar oşkor etilişini ma’lum qildi. U, şuningdek, prezident ukasi Robert Kennedi va ijtimoiy faol Martin Lyuter King öldirilişi bilan boğliq hujjatlarni ham maxfiylikdan çiqarişni buyurgan.