Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xadji «Rubin» bilan shartnoma tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Ruminiyalik sobiq futbolchi, ayni vaqtda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan George Xadji «Rubin» bosh murabbiyi bo‘lishi oydinlashmoqda.
Sport.ro nashri ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘zaro shartnoma bo‘yicha kelishib olishgan.
Keyingi yillarda Xadji o‘zi tashkil etgan «Viitorul» jamoasini boshqarib kelayotgandi. Qayd etilishicha, uning xizmatlariga Yevropaning bir qator jamoalari, xususan Turkiyadagi jamoalardan ham qiziqishlar bo‘lgan, lekin u «Rubin»ni tanlagan.
Bundan oldinroq, Xadji Qozonning «Rubin» jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi, unga yiliga 4 mln yevro miqdorida maosh to‘lanishi haqida xabar berilgandi.