Boburjon Murodov ön beşinçi «Yurak hikoyasining» qahramoni. Tört oy muqaddam uning tuğma yurak xastaligining - yurak qorinçalari örtasidagi pardalar nuqsonini tuzatiş böyiça operatsiya qilişgan. Bu kunga yetgunça bir asr kabi çözilgan uzoqdan-uzoq ön yillik masofa yotibdi. Bolaning har bir şamollaşi hayotiga katta xavf edi. Ruhiy tuşkunlik kunlari qandaydir mö'jizaga işonç va umid bilan almaşib keldi. «Umidsiz yaşab bölmaydi» deydi Boburjonning onasi Gulirano.

Yordam «Soçnaya Dolina» savdo belgisining «Hayotlarning birgalikda qutqaraylik!» aksiyasi orqali keldi. Albatta bu mö'jiza edi, lekin bu mö'jizani kasal bolalarga yordam beriş iştiyoqida bölgan oddiy insonlar röyobga keltirdi. 2016 yilning noyabr oyi mobaynida har bir sotilgan «Soçnaya dolina» şarbati qutisidan tuşgan pulning bir qismi Toşkent tibbiy pediatriya institutining xayriya hisob raqamiga ötkazildi. Bolalarga tezroq yordam beriş iştiyoqida bölgan bolalar kardiojarrohlik Markazining jarrohlari ham uşbu aksiyaning nihoyasiga yetişini umid bilan kutişdi. Aktsiya ön beşta oksigenatorlar xarid etişga yetarli mablağ yiğişga muvaffaq böldi. Şuni ham bilib qöyiş lozimki, uşbu moslamalarsiz oçiq yurakda operatsiya ötkazişga iloj yöq. Aktsiya doirasida 15 bola operatsiya qilindi va şifokorlar aytişlariça, hammasining soğliklari a'lo darajada.

Aktsiya tugadi, lekin... u davom etmoqda, çunki ezgulikka taşna insonlar aksiyani qöllab-quvvatlagan va yoritgan OAV tahririyatlariga, «Soçnaya dolina» kompaniyasiga, bolalar kardiojarrohlik Markaziga yordamga muhtojlarga kömaklaşiş niyatida murojaat qilişlari davom etmoqda. Aktsiya jiddiy muammoga odamlarning e'tiborini jalb etdi. Özbekistonda bolalarni davolaş, umuman bolalar uçun tibbiy yordam bepul. Jarrohlar keçayu-kunduz işlaşga tayyor, lekin oksigenatorlar hamma operatsiyaga muhtoj bolalar uçun yetişmaydi.

«Soçnaya dolina» savdo belgisi «Birgalikda hayotlarni qutqaraylik!» aksiyasini qöllab-quvvatlaganligi uçun Toşkent pediatriya institutining boşqaruviga öz minnatdorçiligini bildiradi. Har bir xayriya aksiyasining ortida taşkilotçilar va şeriklarning katta mexnatlarii, işlarning şaffofligi, turli hil hisobotlar turadi. Toşkent tibbiy pediatriya institutining rahbariyati turli, lekin bu holatda zarur bölgan murakkab byurokratik jarayonlardan ötib, yordamga muhtojlarga uni muhayyo qildilar. Va, albatta, bolalar kardiojarrohlik Markazi jarrohlariga çuqur ta'zim keltiramiz.







