Armaniston AESi Metsamor şahri yaqinida barpo etilgan bölib, VVER-440 reaktorlari örnatilgan ikkita energoblokdan iborat. Bitta blokning issiqlik quvvati 1375 MVt, elektr quvvati esa 440 MVtga teng.

Armanistonda AES qurilişi bilan boğliq masala 1966 yil avgustida kötarib çiqilgan va 1969 yil avgustida tasdiqlangan edi. Birinçi energoblok 1976 yil dekabrida, ikkinçisi esa 1980 yil yanvarida foydalanişga topşirilgan. 1983 yilda esa uçinçi va törtinçi energobloklarning qurilişi boşlandi. Ammo 1986 yilda Çernobyl AESida yuz bergan fojyeadan söng quriliş işlari töxtatildi.

Metsamor AESida 1982 yilning 15 oktabr kuni yonğin çiqdi. Maşina zali ziyon kördi. Alangani öçiriş uçun 110 nafar öt öçiruvçi jalb qilinib, 7 soatdan keyin bartaraf etildi.

1988 yilning 7 dekabrida Armanistonning şimoliy tumanlarida (Spitak şahrida) 7 ballga teng yer qimirladi. Atom stansiyasi iş qobiliyatini saqlab qolgan bölişiga qaramay respublika xukumati 1989 yilning 15 yanvar kuni birinçi blok faoliyatini 25 fevraldan, ikkinçisi esa 18 martdan töxtatilişi borasida qaror qabul qildi. Atom Stantsiyasi Rixter şkallasi böyiça 9,5 balli zilzilaga bardoş berişiga qaramay SSSR va Armaniston xukumati seysmik xududda joylaşgani va yana qayta yer qimirlaşi ehtimoli borligi uçun uni berkitişga qaror qildi. Biroq, mustaqillikka erişgan Armaniston xukumati energetika sohasidagi vaziyatni hisobga olib 1993 yilning 7 aprelida “Armaniston AESining ikkinçi energoblokini işga tuşiriş borasida” qaror qabul qildi. 1995 yilning 5 noyabrida olti yarim yil konservatsiyada bölgan 2 - energoblok işga tuşirildi. 2014 yilning 20 dekabrida Armaniston energetika vaziri Yervand Zaxaryan va “Rosatom” rahbari Sergey Kiriyenko örtasida bitim imzolandi. Unga köra AES 2 - energoblokining foydalaniş muddati yana ön yilga—2026 yilga qadar uzaytirildi.

Yevropa Ittifoqi AES konservatsiya qilinişi kerakligini va buning uçun 200 million yevro ajratişga tayyorligini aytib keladi. AESning yopilişi va ekspluatatsiyadan çiqarilişi Yevropa Ittifoqining asosiy maqsadlaridan biri bölib qolmoqda. Bu haqda 2014 yildayoq Yevropa Ittifoqining Armanistondagi delegatsiyasi rahbari Trayan Xristya ma'lum qilgan edi. Uning sözlariga qaraganda, AES atom xavfsizligi böyiça zamonaviy xalqaro talablarga mutloqo javob bermaydi. Şu sababli imkon qadar tezroq AES faoliyati işdan çiqarilişi kerak. 1999 yil sentabrida Armaniston xukumati va Yevropa Ittifoqi örtasida Metsamor AESini 2004 yilga borib berkitiş töğrisida bitim imzolangan edi. Armaniston 2001 yil 25 yanvarida Yevropa Kengaşiga a'zo bölib kirar ekan, 2004 yilda AESni berkitişga va'da berdi. Yevropa Kengaşi bir neça bor bu borada Armanistonga eslatib turgan bölişiga qaramay AES hamon faoloyatini töxtatgani yöq.