Oxirgi 12 yil davomida közi ojiz bölib qolgan 70 yoşli amerikalik ayol Meri Enn Franko Janubiy Floridadagi öz uyida yiqilib ketgani sababli yana körişni boşladi, deb yozmoqda Sky News.

Bu yerda "Baxtsizlik bölmaganda baxt bölmasdi" degan rusça maqoli yana bir karra öz isbotini topdi.

"Ertalablari men uyqudan turganimdan keyin, quyoş nurlarining daraxtlar orasidan ötayotganini körmoqdaman. Buni kuzatiş juda hayajonlidir", deb aytmoqda ayol.

Ayol 1995 yilda yuz bergan avtofalokat oqibatida umurtqasidan jarohat olişi tufayli köriş qobiliyatidan mahrum bölib qolgandi. Ayol yiqilgandan söng esa böynini şikastlab oldi hamda qöli va belidagi oğriqni yengillaştiriş uçun operatsiya qilindi. Operatsiyadan keyin ayolga köriş qobiliyati qaytdi.  

"Men heç qaçon bunday holatni körmagandim. Ehtimol, qöşimça qon oqimi köriş qobiliyatining tiklanişiga yordam bergan. Biroq bu nazariy jihatdan şunday", deb ta'kidlab ötdi ayolni operatsiya qilgan neyrojarroh Jon Afşar.

Naşrning ta'kidlaşiça, ayol operatsiyadan keyin şuningdek falokatgaça aziyat çekkan daltoniklik (rang ajrata olmaslik) qusuridan ham foriğ bölgan.