Britaniyaning Balmoral yölovçi taşiş  kemasining 252 nafar yölovçisi va sakkiz nafar ekipaj a'zosi AQŞ qirğoqlari yaqinidan suzib ötiş vaqtida oşqozon-içak infeksiyasi bilan zaharlanişdi. Bu haqida Amerikaning Kasalliklarni nazorat va profilaktika qiliş markazi vakillari xabar berişdi.

Angliyaning Sauthempton portidan Amerikaning Men ştati qirğoqlariga aprel oyining örtalarida 34 kunlik sayohat uçun yölga çiqqan Balmoral kemasi bortida 919 nafar yölovçi va 502 ekipaj a'zolari bölgan. 

Ma'lumotlarga köra, yölovçilar va ekipaj a'zolari norovirus bilan zararlangan bölişi mumkin. Kasallik belgilari – qusiş, köngil aynişi va iç ketişi. Norovirus öçoqlari asosan yopiq muassasalarda, yotoqxonalarda va yölovçi kemalarida kuzatilmoqda. Bu infeksiya deyarli bir neça soat içida tarqalişi mumkin. Jumladan, u zararlangan oziq-ovqatdan ham yuqadi.