1 sentyabrda Londondan 6 ta qit'a, 51 davlat va 112 portni qamrab oladigan 245 kunlik dengiz sayohatiga Viking Sun layneri jönadi. Bu esa yangi Ginness rekordi hisoblanadi.

Sayohatni Viking Ocean Cruises kruiz kompaniyasi taşkillaştirgan. Bu haqda The Guardian naşri xabar berdi. 

Sayohatga jönaşni istaganlar 25 kvadrat metrlik kayuta uçun 67 ming funt sterling tölaşlariga töğri kelgan. Eng qimmatbaho kayuta 194 ming funt sterling turadi.

Layner 930 yölovçiga möljallangan. Ular ixtiyorida 2 ta suv havzasi, qor ğori,  qişki boğ va spa böladi. Kemadagi 8 ta restoran esa 245 turdagi taomnoma taklif etadi.

Sayohat Skandinaviya, Karib havzasi, Janubiy Amerika, Tinç okeanining janubiy qismi, Avstraliya va Osiyoni qamrab oladi.

Sayyohlar, şuningdek, 23 ta şaharda, jumladan Rio-de-Janeyro, Uşuayya, Xobart, Xo Şi Min, Mumbay va Luksorda tunni ötkazişadi 

Londondan butun sayohat uçun tölovni amalga oşirgan 54 yölovçi sayohatga jönagan. Qolgan sayyohlar kemada sayohatning bir qismini ötkazadilar.