Italiya çempionatining 37-turida muddatidan oldin çempionlikni rasmiylaştirgan «Yuventus» muddatidan oldin turnirni tark etgani aniq bölgan «Verona» jamoasi maydoniga safar qildi va 1:2 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Şu tariqa, «Yuventus»ning çempionat doirasidagi öyinlarda 2015 yilning oktabridan buyon ilk mağlubiyati qayd etildi. Jamoa şu vaqtgaça A Seriyadagi 26ta öyinda uzluksiz ravişda oçko olib kelayotgandi.
Turinliklar oxirgi marta 2015 yilning 28 oktabr kunida «Sassuolo»ga qarşi öyinni 0:1 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlagan keyingi 26ta öyindan 25tasida ğalaba qozonilgan faqat bir öyinda «Bolonya» darvozasiga yöl topilmagandi (0:0).
Verona – Yuventus 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 43, penalti Toni, 2:0 – 55 Viviani, 2:1 – 90, penalti Dibala.
Verona – Gollini, Marrone (Greko, 80), Emanuelson, Pizano, Byanketti, Xelander, Siligardi (Romulo, 65), Vşolek, Ionitse, Viviani, Toni (Gomes Taleb, 85).
Yuventus – Neto, Bardzali (Kellini, 72), Bonuççi, Aleks Sandro, Rugani, Asamoa (Padoin, 71), Kuadrado, Sturaro (Pereyra, 62), Lemina, Dzadza, Dibala.
Ogohlantirişlar: Siligardi (16), Dzadza (26), Marrone (31), Aleks Sandro (42), Lemina (51), Xelander (90).
Çetlatiş: Aleks Sandro (90).











