Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi 2016 yilda neft qazib oliş hajmini keskin ravişda oşirmoqçi va özining dunyo bozoridagi uluşini kengaytirmoqçi. Bu haqda kompaniya direktori örinbosari Amin Nosirga asoslangan holda Bloomberg agentligi xabar tarqatgan.
Uning sözlariga köra, yaqin haftalar içida kompaniya Şeyb havzasida neft qazib oliş hajmini 33 foizga oşirib, kuniga 1 mln barrel hajmiga yetkazmoqçi. Şu tariqa davom etilib, keyingi 10 yil içida bu havzada neft qazib oliş hajmi 2 barobar oşirilişi közda tutilgan.
Manbaning ma'lumotiga köra, Saudi Aramco xorijda ham faolligini oşirmoqçi va Indoneziya, AQŞ, Hindiston, Vetnam, Xitoy va Janubiy Afrika bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oşirmoqçi.
Bundan oldinroq hukumat Saudi Aramco aksiyalarining 5 foizi sotuvga qöyilişi hamda bu orqali olingan mablağlarni 2030 yilgaça Saudiya Arabistonida rivojlaniş dasturi uçun sarflaş rejasi haqida e'lon qilgandi.











