Antikvarlar amerikalik öquvçi qiz tomonidan 1970-yillarda sopolçilik darsida yasalgan közani 19-asrda yasalgan köza deb yangliş qabul qilib, 30-50 ming dollarga baholaşdi, deb yozmoqda Washington Post gazetasi.
Qadimiy buyumlarni sotib oluvçi Alvin Barr AQŞdagi arzon-garov savdolar vaqtida saroylardan birida antiqa közaga közi tuşib qoldi. Binafaşa va jigarrang közada ma'yus holdagi 6 ta yuz tasviri bölgan. Barr közani 300 dollarga sotib olgan. Keyinroq antikvarlar kolleksionerlarning topilmalarini baholab, keyin auksionga qöyiladigan Antiques Roadshow şousida Barr köza "u bilan gaplaşganini aytgan".
Ekspert-antikvar Stiven Fletçer "köza qaçon işlanganini aniqlaş qiyinligini aytgan", biroq u 19-asr oxiri-20 asr boşida yasalgan bölişi mumkinligini taxmin qilgan. U közani 30-50 ming dollar va "ehtimol, undan ham qimmatroqqa" baholagan.
"Men heç qaçon bunday buyum körmagandim, men esa bu bilan 20 yildan köproq şuğullanaman", deb aytgan Fletçer.
Keyinroq körsatuvga bir tomoşabindan qönğiroq bölgan. U köza ötgan asrning 70-yillarida uning tanişi tomonidan Oregon ştatidagi maktabda sopolçilik darsida yasalganini aytgan. Tomoşabin ayol bu közani yasagan ayol bilan boğlangan, u otlar murabbiysi, 60 yoşli Betsi Soul bölib çiqqan. Barr ayoldan unda saqlanib qolingan boşqa buyumlarni ham sotib olişni taklif qilgan.
Keyinroq körsatuv mualliflari xatoni töğrilab, közaning bahosi 3-5 ming dollarga baholanişi aytilgan e'lon joylaştirişgan.










