Toşkent şahri Yaşnobod tumanidan tarixiy köza topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga köra, Toşkent şahar prokuraturasi va şahar madaniy meros boşqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi madaniy meros obektlarini monitoring qiliş jarayonida tarixiy köza topilganini ma’lum qilgan. Toşkent viloyatidan (Qibray tumanining bir qismi) Toşkent şahriga (Yaşnobod tumaniga) ötgan qismida joylaşgan «Töqay tepa» arxeologik yodgorligidan topilgan.

Köza ölçamlari: balandligi 80 sm, diametri 188 sm bölib, yaxşi holatda saqlangan.

Topilma belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, Özbekiston davlat tarixi muzeyiga topşirildi. Hozirda muzey ilmiy xodimlari tomonidan uşbu tarixiy topilmaning yasalgan davri aniqlanmoqda.

  • Avvalroq Toşkent viloyati Böka tumanidan Salavkiylar sarkardasining noyob közasi topilgani haqida xabar berilgandi.
  • Şuningdek, Surxondaryo viloyati Denov tumanida milodiy I-II asrlarga tegişli xum idiş topilgan. Xumning tarixiylik ahamiyatini örganiş maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi va Termiz davlat universiteti tarixçi olimlari tomonidan butunligiça qazib olinib, restavratsiya qiliş va örganiş işlarini olib boriş maqsadida Termiz arxeologiya muzeyiga olib borilgan.