Isroildagi Xexta muzeyiga taşrif buyurgan bola 3,5 ming yillik közani sindirib qöydi, deb xabar beradi BBC.

Köza muzeyda himoya oynalarisiz namoyişga qöyilgan — muzeydagilar arxeologik topilmalarning bunday «tösiqsiz» namoyişini «jozibador» hisoblab keladi.

Muzey ma’muriyatining ma’lum qilişiça, bola va uning oilasi ekskursiya uçun taşkil qilingan körgazmaga taklif etilgan. «Şunday holatlar böladiki, eksponatlarga qasddan şikast yetkazişadi va bunday vaziyatda iş politsiya jalb qilingan holda qattiq körib çiqiladi», — deydi muzey xodimi Lixi Laslo.

«Ammo mazkur holat boşqaça. Közani muzeyga taşrif buyurgan tört yoki beş yoşli bola sindirib qöydi va unga köriladigan çora ham şunga yaraşa böladi», — deydi u.

Hozirda bronza davriga tegişli bölgan közani restavratsiya qiliş bilan şuğullanadigan mutaxassis tayinlangan va tez orada u öz joyiga qaytariladi.

Foto: Hecht Museum

Sinib qolgan közada qadimda vino va zaytun yoği kabi oziq-ovqat mahsulotlari saqlangan. Muzey vakillarining qöşimça qilişiça, arxeologik qazilma işlari davomida topiladigan keramika buyumlari odatda singan yoki qisman kavlab olingan böladi. Şu bois uşbu köza öz vaqtida «hayratlanarli topilma» e’tirof etilgan.