Bronza asriga tegişli bölgan 4500 yillik köza Turkiyaga qaytarildi. Bu haqida Turkiyaning Londondagi elçixonasi xabariga tayanib, Daily Sabah naşri xabar berdi. 

Elçixonada ta'kidlanişiça, 26.5 santimetrlik köza yortan madaniyati çizgilariga ega va u erta bronza asriga tegişli. 

Manbaga köra, köza 1960-yillarda qadimiy Efes şahrini ziyorat qilgan britaniyalik fuqaro Telma Bişop tomonidan suvenir sifatida xarid qilingan va Britaniyaga qaytarilgan.

Bişop mutaxassislar orqali közaning madaniy meros ekanini bilgaç, uni Turkiyaga qaytarişga qaror qilgan.

"Adam Partridge Auctioneers and Valuers" savdo uyi mutaxassisi Jyeyson Vud közaning haqiqiyligini tasdiqlab, Bişopga uni Turkiyaga qaytarişni maslahat bergan va turk elçixonasi bilan boğlangan. 

Elçixona madaniy yodgorlikning qaytarilişi munosabati bilan Bişop va Vudga minnatdorçilik ramzi sifatida Turkiyaning turli muzeylarida qöllanişi mumkin bölgan muzey xaritasini taqdim etgan.

Manbaga köra, köza Anqaradagi Anatoliya sivilizatsiyasi muzeyiga yetkaziladi. 

Turkiyada madaniy yodgorliklarni eksport qiliş yoki sotiş qonun tomonidan taqiqlangan.