2016 yilning birinçi çoragi davomida bozorda suğurta kompaniyalarining yuqori iş faolligi kuzatildi. 29ta suğurta kompaniyasidan 25tasi suğurta mukofotini yiğişda ijobiy natijalarga erişdi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma'lumotlariga köra, joriy yilning birinçi çoragida suğurta mukofotlari hajmidan kelib çiqib, bozorda 1-örinni "Özagrosuğurta" AJ (19 foiz), 2-örinni "Özbekinvest" (13,5 foiz) va 3-örinni "Kafolat suğurta kompaniyasi" (10,1 foiz) egalladi.

Şuni ta'kidlaş joizki, mazkur kompaniyalar uzoq vaqt davomida bozorda yetakçilik qilib kelmoqda. 

Törtinçi va beşinçi örinlardan "Alfa Invest" (7,7 foiz) hamda "Alskom" (5,5 foiz) suğurta kompaniyalari joy olgan.

Öz navbatida keyingi örinlarni "Kapital Suğurta", "Gross Insurance", "Asia Inshurans", "Özbekinvest Hayot" suğurta kompaniyalari zabt etgan. Ilğorlarning birinçi öntaligiga "Ingo-Özbekiston" kompaniyasi yakun yasaydi.

Bozordagi uç yetakçi suğurta kompaniyasining konsentratsiya darajasi 43,6 foizni taşkil etadi. Ilğor beşta kompaniya böyiça mazkur körsatkiç 55,7 foiz, yetakçi önta kompaniya böiça esa 78,4 foizdan iborat. TOP-10 röyxatiga kirmagan suğurta kompaniyalarining uluşi 0,02 foizdan 3,2 foizni taşkil etadi.