Prezident tibbiyot sohasi vakillariga qöşimça ustamalar eʼlon qildi

Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşdi. Davlat rahbari soha vakillarini moddiy rağbatlantiriş böyiça yangi çoralarni eʼlon qildi.

Jumladan, eng yaxşi şifokor va hamşira nominatsiyalari böyiça viloyat tanlovlari ötkaziladi, ğoliblar 30 million sömdan mukofotlanadi. Kelasi yil viloyat bosqiçida ğolib bölgan 14 nafar şifokor elektromobil bilan taqdirlanadi.

Soğlom turmuş tarzini tarğib qiladigan eng yaxşi önta loyiha muallifiga 200 mln sömdan grant beriladi.

Bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 mln söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 mln söm qöşimça ustama tölanadi. Oilaviy şifokorlik böyiça tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 mln söm böladi.

2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi böyiça öqiş – rezidentura bepul böladi. Talabalarga 3 mln söm stipendiya tölanadi.

Özbekistonda Google Pay va Apple Pay kontaktsiz tölovlar xizmati işga tuşdi

27-oktabr kuni Özbekistondagi bir qator bank ilovalarida bank kartasini Apple Pay va Google Pay tizimlariga ulaş imkoniyati paydo böldi.

Google Pay va Apple Pay - bu smartfon yoki aqlli soat yordamida xaridlarni kontaktsiz tölaş xizmatlaridir.

Google Pay - Google kompaniyasining tölov xizmati va Android qurilmalarida işlaydi. Tölovni amalga oşiriş uçun odatda Google Wallet ilovasidan foydalaniladi.

Apple Pay - Apple kompaniyasining tölov xizmati. iPhone, Apple Watch va boşqa mos keluvçi Apple qurilmalarida işlaydi.

Bu qanday işlaydi? Foydalanuvçi bank kartasini elektron hamyonga qöşadi, söngra qurilmani kontaktsiz tölovni qöllab-quvvatlaydigan terminalga yaqinlaştiradi.

Toşkentda hafta oxiriga qadar havo ifloslanişi kuçayişi mumkin

Toşkentda hafta davomida yoğingarçiliksiz, nisbatan iliq ob-havo kuzatiladi. Biroq bunday meteorologik şaroit atmosfera havosida ifloslantiruvçi moddalar töplanişiga olib kelişi mumkin.

Gidrometeorologiya xizmati agentligining 26-oktabr kuni xabar berişiça, poytaxtda kunduzi havo harorati 18–20 daraja, keçasi esa 8–10 daraja atrofida böladi. Şu bilan birga, 1-noyabrga qadar atmosfera inversiyasi kuzatilişi kutilmoqda.

Yoğingarçilikning yöqligi, şamolning sustligi va inversiya hodisasi havoning tabiiy tozalanişini sekinlaştirişi mumkin. Natijada çang zarraçalari va boşqa ifloslantiruvçi moddalar miqdori oşişi yoki yuqori darajada saqlanib qolişi ehtimoli bor.

Hukumat yopiq qaror bilan şakar importini çeklamoqda, bu narxlarga taʼsir qiladi

2027-yil 1-yanvardan Özbekistonda oziq-ovqat sanoati korxonalari uçun oq şakar importiga kvotalar joriy etiladi. Kvotalarning umumiy hajmi yiliga 300 ming tonnani taşkil etadi. Bu Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjat jamoatçilik uçun yopiq bölib, unda kvotalar uç yönaliş böyiça taqsimlanişi belgilangan:

içimliklar işlab çiqaruvçilarga - 100 ming tonna;

qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga - 100 ming tonna;

boşqa oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga - 100 ming tonna.

2027-yil 1-yanvardan davlat taşkilotlari va korxonalari oq şakar xarid qilişda birinçi navbatda mahalliy işlab çiqaruvçilar mahsulotlarini sotib oladi. Davlat zaxiralari ham aynan şu korxonalar hisobidan şakllantirilişi va mahsulotlarning butun hajmi birja orqali sotilişi belgilangan.