Xabaringiz bor yoşlarning sevimli qöşiqçisi, özbek estradasining yorqin yulduzi xonanda Şoxruhxon 23-24-26 may kunlari “Istiqlol” san'at saroyida “Yulduzlar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Bugun konsertning ilk kuniga start beriladi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, uzoq kutilgan konsert dasturida 5 ta duet qöşiq kuylanişi kutilmoqda. Uşbu duetlar içida xonanda Şahzoda bilan birgalikda kuylangan “Allo” dueti ham ijro etiladi. Ammo qolgan törtta duet kimlar bilan ijro etilişi haqida aniq ma'lumotlar yöq. Bu konsert taşkilotçilari, qolaversa, xonandaning özi tomonidan muxlislari uçun atalgan syurpriz bölişi mumkin.

Oxirgi paytlarda ijodga jiddiy bel boğlagan  xonandaning birin ketin yangi qöşiqlarini konsert dasturida tinglaş imkoniyatiga ega bölasiz. Uşbu qöşiqlardan biri “Darak yöq” taronasi bölib, qöşiq sözini Şohröz yaratgan. Oranjirovkasi Jasur Badalboyevga, musiqasi esa Şoxruhxonning öziga tegişli.   Ayni damda qöşiqqa klip suratga olinib, muxlislarga taqdim etildi. Klipda boş rolni Asal Şodiyeva talqin etgan.

Bundan taşqari, kutilayotgan  konsert dasturi ajoyib şou dasturiga aylanişi kutilmoqda. Bunga dasturga taşrif buyurib, özingiz şaxsan guvoh bölişingiz mumkin. 

Kontsert tafsilotlari haqida saytimiz orqali töliq xabardor bölişingiz mumkin.