Ne tongki, törtta azamatdan iborat möjaz karvondagi jamoalarimizdan faqat bittaginasi manzil sari hali ham yölda davom etyapti. Qolgan uççovlon OÇL Kubogi deya atalmuş çöqqining önqir-çönqir yöllaridan allaqaçon tuşib qolgan.
“Bunyodkor” ilk öyinida öynoqlab bergan bölsada, keyin nafasi içiga tuşib, harsillaganiça arab va fors jamoalariga talaş böldi.
“Paxtakor” öğlonlari esa yoş va tajribasizligi bois, keç urinib, endi tomoşabinga aylangan.
Qarşiliklarning guruh bosqiçida körsatgan mazmunli va sifatli öyinlari közni quvontirgani, bor gap. Lekin, samara bölmadi. Kördik, Röziqul Berdiyev şogirdlarining saviyasi Osiyodagi yetakçi klublarnikidan heç kam emas ekan. Nasib qilsa, “Nasaf” hali sariq qit'ada, albatta öz sözini aytadi.
Hayriyatki, “Lokomotiv” uloqçi çavandozlar tödasidan çiqib, saralar orasida sovrin talaşayotgani könglimizni kötarmoqda. Jamoamizning harakatlari xuddi nomiga yaraşa. Bilasiz, “poyezd jonivor” tezlikni sekin olgani bilan keyin jadallaşib boradi. Guruhning avvalidagi ikki öyinda körimsizgina durang qayd etgan temiryölçilar, ilk stansiyaga öz vaqtida keldilar. Bugun, “qariyalar” tajribasi va yoşlar şijoati uyğunlaşgan “Loko”ga imkoniyatlar eşigi juda lang bölmasada, yarim oçilib turibdi. Barçasi ularning özlariga boğliq.
Birinçi öyin teletranslyatsiyasi davomida şarhlovçi Murod aka Rizayev “Al-Hilol”ni köklarga kötarib, muxlislar ruhini tuşirib taşladi. Yaxşiyamki, uning şarhini maydondagi futbolçilar eşitmaydilar. Şaxsan men, öşa alqalgan arab jamoasi safida birorta kuçli öyinçini körmadim. Öşa kuni faqat bitta futbolçi maqtovlarga loyiq edi. U ham bölsa posbonimiz – Ignatiy Nesterov. Ajab, şunday paytlar kelibdiki, arab jamoalari nomining özi ham biznikilarni tahlikaga soladigan bölib qolibdi... Biroq, “Loko” osongina “oq bayroq” kötarib qöymadi. Kerak bölsa, öşa kuni arablar bizning jamoa vagonida Jyeparovning yölidan yurişdi.
Höş, bugun nima böladi? Safarda gol ötkazmagan temiryölçilar millionlab muxlislar könglini olşga harakat qiladimi? Har ikki savolga javobni keç oqşom bilib olamiz. Faqat, bitta ötinç bor. Şu oqşom poytaxt muxlislari stadionni töldirib berişsa zör bölardi-da...
Bugun işqibozlar kömagi “Loko”ga juda zarur. Har qanday yurt futbolining saviyasi halqaro öyinlarda bilinadi. Demak, bugun “Lokomotiv” mamlakat şa'ni uçun harakat qilişi lozim.
Barça işqibozlar sevimli jamoamizdan ğalaba kutadi. OLĞA “LOKOMOTIV!”
Ravşan Hamrozdan:
Azalda yörğalab, söng çopgan otni,
Marraga eng avval borar deydilar.
Bizning “Lokomotiv” – “temir otimiz”,
Yangi marra sari naqd ila borar.
Ğalabalar sari qadam taşlang şahd
Butun Özbekiston tilaydi omad!
Elmurod ERMATOV, Ravşan HAMROZ. Andijon.











