Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik rahbari Aset Isekeshevning "Avtovaz" yangi rahbari Nikol Mor bilan o‘tkazgan uchrashuvida, Qozog‘iston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning amaliy choralari hamda Ust-Kamenogorskda avtomobil zavodi va texnoparkni qurish bo‘yicha qo‘shma loyihani hayotga tatbiq etish masalalari muhokama etilgan.
Qo‘shma loyiha 2 bosqichda amalga oshiriladi. 2018 yilda yakunlanadigan birinchi bosqichda, zavod 2018 yil o‘rtalarida ish boshlab, yiliga 60 ming donagacha transport vositalari ishlab chiqara boshlaydi. 2020 yilgacha amalga oshiriladigan ikkinchi bosqichda, zavod quvvati yiliga 120 ming mashinaga yetkaziladi.






