Abituriyentmisiz? Talaba böliş baxtiga erişiş uçun bölib ötadigan imtihonlaringizga ham oz vaqt qoldi. Şubhasiz, juda köp testlarni işlab körgansiz. Ammo «Abituriyent» gazetasi sizga yangidan-yangi testlarni taklif qiladi. Ularni işlab, örganib, bilimingiz yanada oşadi!

2007 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan «Abituriyent» gazetasi ikki haftada bir marta, payşanba kuni naşr qilinadi va har bir soni 12 500 nusxada çop etiladi.

Tahririyatda yigirmaga yaqin malakali mutaxassislar iş olib boradi. Gazetaning har bir sonida har qaysi fandan 36 ta yangi test taqdim etiladi. Yil davomida esa 14 mingdan ortiq yangi test öz öquvçilariga yetkaziladi.

Oliy öquv yurtlariga kiriş ballari gazeta sonlarida e'lon qilinadi. Şu bilan birga, unda barça fanlardan berilgan murakkab savollar tahlili bilan muntazam tanişib boriş mumkin.

«Abituriyent» gazetasi özbek va rus tillarida çop etiladi. Unda quyidagi fanlardan yangi savollar mavjud:

— Matematika (matematika)
— Fizika (fizika)
— Kimyo (ximiya)
— Biologiya (biologiya)
— Tarix (istoriya)
— Geografiya (geografiya)
— Ona tili va adabiyot
— Russkiy yazyk i literatura
— Ingliz tili
— Nemis tili

Şuningdek, gazetaning «Salom Abituriyent», «Psixologiya», «Kim bölsam ekan», «Mantiq maydoni», «Ibratli dunyo» kabi ruknlar orqali abituriyentlarga bilim va maslahatlar berib boriladi. Feysbukdagi «Abituriyent gazetasi» guruhida esa öquvçilar özaro bilim almaşişadi, bilmaganlarini söraşadi.