26-oktabr kuni E-auksion platformasida Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi Respublika aerogeodeziya markazi binosini sotiş böyiça oçiq auksion yakuniga yetdi. Boşlanğiç narxi 157,8 mlrd söm etib belgilangan obyekt uçun ikki talabgor kuraşgan. Savdolar yakunida “UTKIR SHOP” MÇJ 213 mlrd sömlik taklif bilan ğolib deb topilgan. Yakuniy narx boşlanğiç qiymatdan 55,2 mlrd sömga (qariyb 35 foiz) oşgan. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.

Lot maʼlumotlariga köra, bino va inşootlarning umumiy maydoni 9 975 kvadrat metrni taşkil etadi. Birgalikda foydalanişdagi yer uçastkasi 1,3352 gektar bölib, sotilayotgan obyektga tegişli yer uluşi 1,1355 gektar deb körsatilgan.

Savdo şartlariga muvofiq, Respublika aerogeodeziya markazi sotuvdan keyin binodan bir yil davomida bepul foydalanadi. Uşbu muddat tugagaç, obyekt xaridorga topşiriladi. Lotda investitsiya kiritiş yoki iş örinlari yaratiş böyiça aniq majburiyatlar körsatilmagan.

Tölov şartlari qanday?

Lotda xaridorga tölovni bölib amalga oşiriş imkoniyati berilgan. Jumladan, uç oy davomida narxning 35 foizi tölansa, qolgan summani beş yil davomida foizsiz bölib tölaş mumkin. Olti oyda 50 foiz tölangan taqdirda esa qolgan summa yetti yil davomida foizsiz tölanişi mumkin.

Şuningdek, olti oy içida töliq tölov amalga oşirilsa, jami summaga nisbatan 25 foiz çegirma berilişi nazarda tutilgan.

Obyekt prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son farmonida belgilangan davlat aktivlarini xususiylaştirişning yangi mexanizmlari doirasida savdoga çiqarilgan.