Tadbirkor Oybek Tursunov Perfectum mobil operatorining Toşkentdagi boş ofisi va 2012 dona asosiy vositasini QQS bilan birga jami 98,37 mlrd sömga xarid qilmoqda. Korporativ axborot yagona portalidagi maʼlumotlarga köra, tegişli bitim 16-oktabr kuni ötkazilgan Perfectum brendi ostida faoliyat yurituvçi Rubicon Wireless Communication AJ aksiyadorlarining umumiy yiğilişida tasdiqlangan.

Sotilayotgan asosiy köçmas mulk obyekti Toşkent şahri Mirobod tumani Taras Şevçenko köçasi 21-uyda joylaşgan. Majmua 7283 kvadrat metrlik yer uçastkasidagi törtta binodan iborat bölib, binolarning umumiy maydoni 10 479 kvadrat metrni taşkil etadi. Binolarda 57 ta xona, jumladan, 47 ta xizmat xonasi mavjud. Köçmas mulk majmuasining qiymati QQS bilan birga 65,97 mlrd söm deb belgilangan.

Bundan taşqari, Perfectum umumiy qiymati 32,41 mlrd söm bölgan 2012 birlik asosiy vositalarni sotyapti. Qaror aksiyadorlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Avvalroq, 19-oktabr kuni VEON Perfectumʼni töliq sotib oliş böyiça kelişuvga erişganini eʼlon qilgandi. Bitimning umumiy qiymati taxminan 207 mln dollar bölib, bunga operatorning qariyb 93 mln dollarlik moliyaviy qarzlarini öz zimmasiga oliş ham kiradi. Xaridni oktabr oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgan.