Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi va Rossiya Mudofaa vazirligi kelişuv amalga kirganini tasdiqladi. Öt oçiş Kiev vaqti bilan soat 03:00, Moskva vaqti bilan 04:00 dan töxtatilgan.
Ukraina Boş ştabiga köra, «sukunat rejimi» belgilangan hududda faqat gumanitar operatsiya ötkaziş - şaharda qolganlarga yordam yetkaziş va ularning erkin çiqib ketişiga tayyorgarlik köriş uçun joriy etilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ham gumanitar operatsiyaga tayyorgarlik munosabati bilan Xerson yönalişida öt oçiş töxtatilganini bildirgan.
Gumanitar missiya 29-oktabrga belgilangan
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning maʼlum qilişiça, öt oçişni töxtatiş va gumanitar missiyani boşlaş sanalarini AQŞ taklif qilgan. «Sukunat rejimi» 27-oktabrdan amal qilsa, gumanitar missiya 29-oktabrda boşlanişi rejalaştirilgan.
Kelişuvga muvofiq, Rossiya yöllarni minalardan tozalaşi, Ukraina esa şaharda qolib ketgan aholini evakuatsiya qilişga tayyorgarlik körişi kerak.
Zelenskiy vaqtinça sulhga erişişda AQŞ birinçi xonimi Melaniya Tramp vositaçilik qilganini aytgan. Oq uy 23-oktabrda eʼlon qilgan bayonotda ham kelişuvni muvofiqlaştirişda uning jamoasi muhim rol öynagani qayd etilgan.
Ayni paytda Zelenskiy Rossiya gumanitar evakuatsiya jarayonidan tarğibot maqsadida foydalanişi mumkinligidan xavotir bildirgan. Uning taʼkidlaşiça, Kievning ustuvor maqsadi - qamaldagi aholini qutqariş va Ukraina nazoratidagi hududga yetib olişiga yordam beriş.
Aholining ehtiyojlari uyma-uy örganiladi
Melaniya Tramp sözlariga köra, Rossiya va Ukrainaning fuqarolik vakillari Oleşki aholisining uylariga birgalikda borib, ularga qanday yordam zarurligini aniqlaydi.
Evakuatsiyani xohlaganlarga özlari tanlagan manzilga boriş uçun transport va zarur kömak berilişi rejalaştirilgan. AQŞ birinçi xonimi ayrim aholi Rossiyaga, boşqalari esa Ukrainaga borişni tanlaşi mumkinligini aytgan.
Uning maʼlum qilişiça, vakillarga jarayonni qayd etiş uçun mustaqil Amerika media taşkiloti xodimlari hamrohlik qiladi.
Şaharda ikki mingga yaqin kişi qolgan

















