Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TAS-IX degani nima o‘zi u?

Ko‘pchligimiz TAS-IX tarmog‘i haqida eshitganmiz. Uning ichida Internet bepul ekanligidan quvonganmiz. Ammo TAS-IX o‘zi nima, degan savolga hamma ham aniq javob bera olmaydi. ZiyoNet tarmog‘i resurs markazi xodimi Yevgeniy Semyonovich ushbu mavzuda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«TAS-IX» atamasidagi «TAS» qisqartmasi «Toshkent» ni anglatadi. Ya'ni Internet trafigi almashinuv nuqtasi yaratilishi haqida kelishuv qabul qilingan joy Toshkent shahri. «IX» esa, ingliz tilidagi «Internet eXchange Point» «Internet almashinuv nuqtasi» iborasidan olingan. Umumiy izohlaganda, Toshkentdagi Internet orqali ma'lumotlar almashinuv nuqtasi deb ta'riflasak bo‘ladi”, degan mutaxassis.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 2004 yil 24 oktabrda O‘zbekistonda TAS_IX tashkil topgan.
Ye.Semyonovichning ta'kidlashicha, “TAS-IX’ning dastlabki ishtirokchilari mamlakatimizdagi beshta provayder bo‘lgan. Hozirda esa, ularning soni 30 nafarga yaqinlashib qoldi. Shuni ham aytish kerakki, o‘tgan sakkiz yil ichida Uznet ma'lumotlar bilan boyidi. Har qanday qiziqish, har qanday maqsadlardagi foydalanuvchi uchun manfaatli saytlar yaratildi. Natijada, 2004 yilda provayderlar faoliyatida tashqi trafik 95 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda ko‘pgina foydalanuvchilar haftalab o‘zimizning saytlar bo‘ylab «sayohat» qiladilar, tashqi Internetga chiqmaydilar. Chunki o‘zimizda ham ko‘plab yangi resurslar, ayniqsa yoshlar uchun ko‘ngilochar saytlar paydo bo‘ldi. «Og‘ir» kontentlar filmlar, musiqa ko‘paydi, ularni katta tezlikda yuklab olish mumkin bo‘ldi. Ko‘plab qiziqarli tematik, shaxsiy, korporativ saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga keldi”.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
Jahon | 09:36
-
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Jahon | 08:57
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53