Android Authority tomonidan ötkazilgan eng katta ovozga qöyiş natijalariga köra, kameraning «kör» sinovida LG G5 smartfoni ğolib böldi. Eng kuçli 7ta smartfon turli şaroitlarda suratga oliş natijalari böyiça sinovdan ötkazildi. Sörovnomada 100 mingdan ortiq kişi iştirok etdi. 

 

Kamera bugungi kunda, şubhasiz, smartfondagi eng muhim funksiyalardan biri hisoblanadi, biroq  bozorda  öxşaş takliflarning köpligi tufayli ğolibni tanlaş qiyin. Siz köproq megapikselni tanlaysizmi yoki katta piksellarnimi? Siz uçun optik tasvirning barqarorligi muhimmi? Bir kamerali smartfon ikki kameralidan yaxşiroqmi?

Android Authority şu kabi köplab savollar bilan bozordagi eng yaxşi yettita smartfon orasida eng katta kamera sinovini ötkazişdi. Barça iştirokçilar bir haftadan ortiq vaqt davomida suratga olişda eng yaxşi natijalarni körsatgan smartfonga ovoz berişdi, endi 100 mingdan ortiq ovoz töplanib, ularga köra, qaysi smartfon 2016 yilning eng yaxşi kamerafoni nomiga sazovor bölganini aytiş vaqti keldi!


Sinov adolatli ötişi uçun turli yoritiş şaroitlarida olingan 16 ta suratlar galereyasi namoyiş qilindi, zero ba'zi smartfonlar yaxşi yoruğlikda yaxşi suratga olişi mumkin, biroq yetarliça yoruğlik bölmagan joylarda sifatli natija körsata olmaydi. 

Şu tariqa, natijalarni hisoblab, ğolibni topişdan avval har bir galereyani alohida körib çiqişga qaror qilindi. Qurilmalar har bir galereyada 1 balldan 7 ballgaça ega bölişdi va qabul qilingan ovozlar sonidan kelib çiqib, biniçidan yettinçi öringaça sazovor bölişdi. Eng köp umumiy ball töplagan smartfon mutloq ğoliblikni qölga kiritdi. 


Bir qator kuçli raqiblar orasidan  LG G5 smartfoni ğolib böldi! Qozoğiston bozorida mutlaqo bir xil parametrlar va kamera afzalliklariga ega  LG G5ses modeli namoyiş qilindi. LG G5 va LG G5ses modellari faqatgina operativ xotira hajmi va protsessori bilan ajralib turadi, bu suratga oliş sifatiga heç qanday ta'sir körsatmaydi. 


Quyida keltirilgan tarmoq manzili böyiça siz sörovnomada  iştirok etgan kadrlar galereyasini körişingiz mumkin: http://www.androidauthority.com/camera-shootout-results-690429/