AQŞ bojxona va çegara mudofaasi xizmati (SVR) I-94 migratsiya şaklining qöşimça qatorini közlovçi yangi qonun loyihasini tasdiqladi. Unga köra, AQŞga kiruvçi xorijiy şaxslarga turli ijtimoiy tarmoqlarda qöllaniladigan nik nomlari haqida ma'lumot beriş taklif qilingan.
Hujjatdagi yangi satrni töldiriş majburiy emas, biroq bu Amerika çegara qöşinlariga xorijiy sayyohlarning virtual hayotidan xabardor böliş imkonini beradi.
Qonun loyihasida foydalanuvçilarning ijtimoiy tarmoqlardagi profillarini tekşiriş tartibiga aniqlik kiritilmagan. Biroq şu yöl bilan qölga kiritilgan ma'lumotlardan razvedka maqsadida foydalaniladi.
"Turli ijtimoiy tarmoqlardan yiğilgan ma'lumotlar tergov olib borişda mavjud uslubni yanada takomillaştiriş imkonini beradi va AQŞ içki xavfsizlik vazirligining u yoki bu xorijlikning amalga oşirişi mumkin bölgan noqonuniy harakatlaridan xabardorlik darajasini kötaradi", deyilgan SVR rasmiy ma'lumotida.
I-94 migratsiya şakli AQŞga kirayotgan barça xorijliklar uçun majburiy hujjat hisoblanadi. Mamlakatga samolyot yoki suv transporti orqali keliş hamda ESTA elektron şaklini oldindan töldiriş holatlarida I-94 migratsiya şaklini töldiriş majburiy emas. ESTA elektron şakliga ham şunday mazmundagi yangi satr kiritilişi rejalaştirilmoqda.











