Ukraina jazirama tufayli elektr energiyasi tanqisligiga duç kelayotgani yöq. Şu bois, Rossiyaning elektr energiyasi yetkazib berişiga muhtoj emas, deb bayonot bergan Ukraina energetika va kömir sanoati vaziri Igor Nasalik feysbukdagi sahifasida.
Uning aytişiça, mamlakatda heç qanday energetika inqirozi yuz bermaydi, bundan taşqari, Ukrainada 2 ming mVt tanqislik emas, balki 2,2 ming mVt ortiqça elektr energiyasi mavjud, şunday ekan, Rossiyaning yordami kerak emas.
Avvalroq, Ukraina Rossiyadan elektr energiyasi söragani haqida xabar qilingan edi.











