Jahon | 04:02 / 28.06.2016
6603
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an tez vaqt ichida Rossiya bilan aloqalar yaxshilanishiga umid qilmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tez orada Rossiya bilan munosabatlar iliqlashishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

"Men umid qilamanki, Rossiya bilan munosabatlardagi muammolar tez orada hal etilib, mavjud vaziyat tez orada barham topadi. Ikki tomon ham vaziyatning bu holatidan manfaatdor emas", degan u.

Bundan oldinroq Erdo‘g‘an Moskva va Anqara munosabatlarni yaxshilash uchun tegishli choralar qabul qilishi haqida xabar berilgandi.

Kremlda 27 iyun kuni Turkiya rahbari Rossiya prezidentiga maktub yozib, Su-24 voqeasi uchun uzr so‘ralgan aytildi.

Mavzuga oid