Özbekistonda jinoyat protsessida jismoniy şaxslar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qiliş mexanizmlari kuçaytiriladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti yakunlari böyiça 27-avgust kuni imzolagan farmonda mazkur yönaliş böyiça qator vazifalar belgilandi.

Xususan, jinoyat işi doirasida kiritilgan garov summalarini qaytariş tartibi soddalaştiriladi:

  • garov summalarini qaytariş haqidagi sud hujjati darhol ijro etilişi lozim bölgan talablar toifasiga kiritiladi;
  • qonunçilikda belgilangan muddatlarga rioya etmasdan garov summalarini qaytariş keçiktirilganda, garov summalarini har bir keçiktirilgan kun uçun tegişli pul mablağlari saqlanayotgan idoradan Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar (penya) hisoblagan holda qöşib undiriladi.

Şuningdek, zararni qoplaş böyiça Davlat byudjeti foydasiga undirilgan pul mablağlarini sud qarori asosida fuqaro yoki tadbirkorga qaytariş belgilangan taqdirda, uşbu pul mablağlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Davlat byudjeti mablağlari hisobidan fuqaro yoki tadbirkorga qaytariladi.

Reabilitatsiya qilingan şaxslarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sud qarori asosida Jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qiliş böyiça respublika maqsadli jamğarmasi mablağlaridan qoplab beriladi.

Zararni qoplaş böyiça undirilgan pullarni qaytariş hamda reabilitatsiya qilingan şaxslarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplab beriş böyiça sudning qonuniy kuçga kirgan qarori taqdim etilgan kundan boşlab 10 iş kuni içida ijro etilmaganda, majburiyatning bajarilmagan qismiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida foizlar (penya) hisoblanadi.