Dunyo fond bozorlari Buyuk Britaniyadagi Brexit'ga oid referendum natijalaridan söng ikki kun içida 3 trillion dollar rekord mablağni yöqotgan. Bu haqida Financial Times xabar berdi.
Birja tahlilçilarining ta'kidlaşiça, savdoning birinçi kunida savdo maydonlaridagi inqiroz - investorlar pul işlab olmoqçi bölgan qisqa pozitsiyalarning sotuvi bilan izohlangandi, çunki köpçilik Buyuk Britaniya aholisining YeIda qoliş uçun ovoz berişiga işongandi.
Şok natija qisqa pozitsiyalarning rekord darajada sotilişiga olib keldi va bu tabiiyki, inqirozni yuzaga keltirdi.
Referendumdan keyingi ikkinçi savdo kuni butkul özgaça mantiqqa ega böldi. Investorlar uzoq muddatli investitsiyalarga öz munosabatlarini qayta körib çiqişdi hamda potensial xavfga ega bölgan aktivlardan qutilişdi.
Convergex boş strategi Nikolas Kolasning ta'kidlaşiça, juda kam sonli investorlar referendumdan bunday natija kutişgan.
S&P Global Broad Market index (BMI) jahon indeksi ikki kun içida 6,9 foizga tuşib ketdi, bu 2008 yilning noyabridan antirekord natija böldi. S&P 500 savdo maydonidan taxminan 1 trillion dollar olib çiqildi. Umumiy hisobda şu kunlar içida taxminan 2,8 trillion dollar olib çiqilgan, rivojlanayotgan bozorlardan esa - 179 milliard dollar. Tahlilçilarning ma'lum qilişiça, investorlar hozirça barqarorlaşuvni prognozlaştira olişmaydi, çunki referendum tufayli noaniqlik darajasi juda yuqori.
"Investorlarga heç bölmaganda bir neça metrikalarda: Britaniya funti, yevro va aksiyalarda barqarorlik kerak", - deydi Kolas.
Foto:REUTERS











