Rossiyaning Irkutsk viloyati Usole-Sibirskoye şahrining 18 nafar fuqarosi ayiq göştini iste'mol qilişgaç, trixinellezni yuqtirib olişgan, deyilmoqda "Rospotrebnadzor"ning viloyat böyiça saytida.

Bemorlarning barçasi şifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli yengil va örta oğirlikda deb baholanmoqda. 

Qayd etilişiça, "Rospotrebnadzor" viloyat boşqarmasi, Irkutsk veterinariya xizmati bilan hamkorlikda epidemiyaga qarşi çoralarni körmoqda. 

Trixinellyoz - nematodozlar oilasiga mansub gijja bölib, mialgiya, talvasaga tuşiş, tanaga toşma toşişi, qondagi eozinofiliya miqdorining köpayişiga sabab böladi. Oğir hollarda içki a'zolarni zararlab, markaziy asab tizimini işdan çiqaradi.