XXRda amerikalik qöşiqçi Ledi Gaganing kompozitsiyalariga taqiq qöyildi. Bu haqida The Guardian ma'lum qildi.
Xitoy Kommunistik partiyasi taşviqot bölimi qöşiqçining nomini "taşqi duşman kuçlari" röyxatiga kiritdi, şuningdek Xitoyda uning repertuarini umuman taqiqladi. OAV va veb-saytlar Ledi Gaganing qöşiqlari man qilinganligi töğrisida xabardor qilindi.
Taqiqning boş sababi qöşiqçining tibet buddistlari ma'naviy yetakçisi Dalay-Lama bilan uçraşganidadir. Uçraşuv 26 iyun kuni Amerikaning Indianapolis ştatida bölib ötdi, diniy rahnamo bu yerga özining jahon böylab uyuştirgan xayriya turnesi doirasida yetib kelgan. 19 daqiqa davom etgan uçraşuv çoğida rahm-şafqat, adolatsizlik bilan kuraşiş, şuningdek ruhiy salomatlik va hatto yoga mavzulariga töxtalib ötildi.
Qöşiqçi bilan suhbatlaşar ekan, Dalay-Lama öz yoşi va hayotiy tajribasiga e'tiborni qaratdi: "Men 81 yoşli, yetarliça katta hayot tajribasiga ega bölgan - sizdan-da köproq tajribaga ega insonman".
Bunga Ledi Gaga hazil tariqasida javob qaytardi: "Siz buni bilmas edingiz, aslida men sizdan ança kattaman".
Kommunistik partiya nazorati ostidagi CCTV telekompaniyasi hamda «Jenmin jibao» va Global Times gazetalariga Ledi Gaga va Dalay-Lama uçraşuvini tanqid qiliş buyurildi.
"Uning boşqa mamlakatlarga taşrifidan maqsad - Tibet mustaqilligi ğoyasini ilgari suriş. Öylaymizki, xalqaro hamjamiyat vakillari uning asl maqsadidan yaxşi xabardorlar", - deya ta'kidladi Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili.
Foto:Kevin Mazur/(Credit too long, see caption)








