Vaşington universiteti va Yaponiyaning Keyo universiteti tibbiyot olimlari yangi preparatni klinika şaroitida sinab köriş uçun sönggi tayyorgarlikni boşlaşdi. Preparatning asosiy vazifasi - inson hayotini sezilarli darajada uzaytiriş, deya xabar beradi Geektimes.

Dastlabki rejalarga köra, loyiha sinovining boşlanişi iyul oyining birinçi yarmiga möljallangan. Şu bilan birga Yaponiya qonunçiligiga muvofiq, Keyo universiteti Axloqiy qömitasi unga "yaşil çiroq yoqişi" kerak. 

Sinov davrida mononukleotid  nikotinamidga asoslangan dori vositasining samardorligi hamda uning inson hayoti uçun xavfsizligi baholanadi. Yangi preparat jonivorlarda sinab körildi va bunda ijobiy natijalarga erişildi. Yangi dori vositasi 10 nafar katta yoşli soğlom kişiga yuboriladi.