15:08 / 28.06.2016
9054

Toshkentdagi Mega Planet savdo-ko‘ngilochar markazi yaqin soatlar ichida o‘z faoliyatini boshlaydi

Yong‘in chiqqanligi sabab kunning birinchi yarmidan yopilgan Toshkentdagi Mega Planet savdo-ko‘ngilochar markazi yaqin soatlar ichida o‘z faoliyatini qayta boshlaydi. Bu haqda markazning rasmiy press-reliziga asoslangan holda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Markazning xabar berishicha, favqulodda holat xizmat joyidagi elektrotexnik ta'mirlash ishlari ketayotgan vaqtda chiqqan.

Mega Planet ma'muriyatining xabar berishicha, «markazga tashrif buyuruvchilar va xodimlarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida texnika xavfsizligi darajasi oshiriladi, shuningdek, markaz eng yaxshi favqulodda holatlarning oldini olish jihozlari bilan ta'minlangan».

foto:Google image

Mavzuga oid
Top