Şveytsariyada, elektrmotorli avtobuslarning sinovi boşlandi. Ularning boşqa avtobuslardan yana bir farqli jihati, haydovçi yordamiga muhtoj emasligida. Sinovlar Vale kantonidagi Son şahrining umumiy foydalaniş yöllarida bölib ötib, 2017 yil oktabr oyigaça davom etadi.
Lozanna federal politexnika maktabi boşqarayotgan loyiha maqsadi, maşinalarni boşqariş algoritmlarini takomillaştiriş, yöl infratuzilmalarini yaxşilaş hamda transport vositalarini modernizatsiya qilişdir.
Elektrobuslarning eng yuqori tezligi soatiga 20 km bilan çeklangan. 11 yölovçini bağriga siğdira oladigan avtobus konditsioner va nogironlar uçun maxsus joyga ham ega. Unda sayr qilganlik uçun hozirça tölov olinmaydi.
Elektr avtobuslarini doimiy ravişda teleoperatorlar masofadan kuzatib turişadi va lozim bölib qolsa, ularni töxtata oladi. Bundan taşqari, avtobusning özida ham transport vositasi tizimlarini kuzatib turadigan mutaxassis böladi.
Foto:Google image











