Kanadaning Bombardier konserni 2017 yil modellar qatoriga kiruvçi Can-Am Spyder trisiklini namoyiş etdi, deb xabar qilmoqda Motorcycle.com. Yangi F3-S sirğalişga qarşi avtomatik TCS tizimini öçirib qöyuvçi boşqarişning sport tartibiga ega.
Daytona 500 Edition rusumida esa, NASCARning Deytona-Biçdagi poygalari şarafiga maxsus jilolar ham tuşirilgan. Trisiklga Avstriyaning 115 ot kuçiga ega, bir qatorli 3 silindrli Rotax 1330 dvigateli örnatilgan. Egari tabiiy zamş bilan öralgan.

Korpusi magniyli metallik, kök metallik va sariq metallik (Pure Magnesium Metallic, Oxford Blue Metallic, Circuit Yellow Metallic) tuslarga böyalişi mumkin.

Trisikllar avgust oyidan AQŞda sotila boşlanadi. Uning eng arzon töplami 21 249 dollarga baholangan.
Bombardier 2007 yildan uç ğildirakli Can-Am Spyderni işlab çiqaradi. U bir neça rusumda, jumladan politsiya uçun maxsus patrul namunasida ham taqdim etiladi. Şu paytga qadar, 100 ming dona trisikl işlab çiqarilgan.













