Meksika şarqidagi Verakrus ştatida bir neça ön kişidan iborat olomon, ştatning yangi saylangan gubernatori Migel Anxel Yunes va Milliy harakat partiyasi yetakçisi Rikardo Anayya bölgan maşinaga şişa idişlar bilan hujum qilişdi, deb xabar qilgan Anayyaning özi tvitterdagi sahifasida. 

«Bizga Xaver Duarte (ştatning amaldagi rahbari) yuborgan odamlar dahşatli tahdid qilişdi. Korrupsiyaning qonuniy tus olişiga imkon bermaymiz! Bir qadam ham ortga yöl yöq!», — deyiladi Anayya xabarida.

Hodisa natijasida ikki kişi, xususan siyosatçilarning tansoqçisi ham jabrlangan.