Köplab işlab çiqaruvçilar öz ilovalarini sinaş uçun avval dastlabki versiyalarni çiqarişadi. Test sinovi iştirokçilari eng yangi funksiyalarga kiriş imkonini birinçi bölib qölga kiritişadi. Beta-versiyalarning bonusi ularning bepulligidadir.
Ilgari Android uçun beta-versiyalarni topiş qiyin edi. Buning uçun "Google+"da işlab çiqaruvçining sahifasini izlab topiş, maxsus havola böyiça ötiş, söngra test versiyaga ilova yangilanişini kutiş talab qilinar edi. Endi esa test sinoviga qöşiliş uçun zarur bölgan barça narsalar Google Play'ning ilovalar katalogida mavjud.
Eng avvalo Google Play'ning boş ekranida yangi "Beta-versiya sinovi" bölimining paydo bölganini e'tirof etiş lozim. Nomidan ma'lumki, undan xali işlab çiqarişda bölgan, lekin dastlabki versiya sifatida yuklab oliş mumkin bölgan ilova va öyinlar örin olgan.
Agar siz bu bölimdan birorta dasturni yuklab olsangiz, u holda uning ikonasi "Mening ilovalarim va öyinlar" ekranida paydo böladi. Bu yerda şu kabi elementlar uçun "Beta-versiyalar" deb nomlangan maxsus bölim mavjud.
Xöş, agar beta sizga yoqmasa va siz barqaror yangilaniş kanaliga qaytişga qaror qilsangiz, qanday yöl tutiş mumkin?
Buning yöli juda oson. Uşbu dasturning Google Play'dagi kartoçkasini oçing va eng quyi qismiga tuşing. Bu yerda siz test sinovi iştirokçisi ekanligingiz haqidagi xabarni hamda bundan voz keçiş mumkin bölgan tugmani körasiz.
Google Play'da beta-sinovlar uçun funksiyalarning yaratilişi hammaga ham qiziq emas, albatta, bu qiziquvçan va sabrsiz insonlar uçun ayni muddaodir. Siz ham şunday insonlar qatoriga kirasizmi? Unda bu aynan siz uçun!











