Xabaringiz bor, 30 iyun kuni ÖzMTRKning «Özbekiston», «Toşkent» va «Yoşlar» telekanallarida çinozlik Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy xatti-harakatlari, u taşkil etgan va faoliyatiga çek qöyilgan moliyaviy piramida haqida «Ahmad vasvasasi» nomli batafsil hujjatli körsatuv efirga uzatilgan edi. Keça esa suhbat yuzasidan biz bilan boğlangan Obid Asomov “uşbu körsatuvda nega san'atkorlarning aralaştirganligiga tuşunmaganligi, Ahmadboyning yaxşi kunlarida xizmat qilgan köplab san'atkorlar qolib, “çertib-çertib” Obid Asomovni tilga olişganiga hayron qolganligi”ni, aytdi. “Axir kasbimiz şu, bizni xizmatga aytib kelişsa, bormayman, deb turib olmaymiz-ku? Yaxşi kunlariga taklif qilib kelgan muxlislarni köksidan itarmaymiz-ku?!” - deydi qiziqçi.
Biz bilan suhbatlaşib bölgaç, qiziqçi öz fikrlarini instagramdagi sahifasi orqali şunday ifodaladi:
“Keça keçqurun xuddi yoz kunida qor yoğgandek böldi! Bugun butun mamlakatimizda salomdan keyin bir savol" kördingmi?" Ha, yana Ahmadboy maşmaşasi! Aslida bu körsatuvga munosabat bildirmasdim, lekin telefonim tutab ketdi! Butun dunyodan qönğiroqlar! Men ham kördim şu körsatuvni, faqat ba'zi joylariga tuşunmadim! Firibgar uşlanibdi, jinoyati foş bölibdi, jazo olişi muqarrar lekin... Biz sanatkorlar nima qilib yuribmiz? Tuşunmagan tomoşabin bizni ham hamtovoqqa çiqarib qöyyapti! Aybimiz tuyda xizmat qilganimizmi?
Avvalo, töy ötgan yili, yanglişmasam, noyabr oyida bölgan edi! Menga “şunaqa bir boy yigit özini farzandiga qöşib, “detdom”dan yetim bolalarni ham sunnat qilib beryapti”, deyişdi! Juda katta töyxona, kamida ikki ming kişi böldiyov! San'atkorlar juda köp, “tv”ga tanlab-tanlab qöyişibdi! Tuşunaman... Ahmadboyni öşa kuni tanidim!!
Töyxonada har soha vakillari, kazo-kazolardan tortib, televideniye xodimlarigaça bor edi! Odam köpligidan militsiya xodimlari tartibga sololmadi! Biz sanatkormiz, aytilgan joyga boramiz! “Biznesmen”mi, olimmi, hammolmi tanlanmaydi, hurmat qilib aytildi, uyoği tirikçilik!
Endi boşqa savol, xöp bu yigit qallob ekan, nega beş yil köyib berişdi? Köproq pul yiğilişini poylaşdimi? Eng asosiysi pul bergan boylar yölini topib ketar, oxirgi sigirini sotib topşirganlar nima qilarkin! Puli qaytib berilarmikan? Haqiqat qaror topişiga işonaman! Şaxsan men heç narsani u yigitga topşirganim yöq!! Lekin öşa töydan unutilmas voqea, töy oxirida öşa kuni kiygan yangi tufligimni kimdir ilib ketdi! Ahmadboy uyidan özining tufligini olib çiqib berdi! Tufli uyda, mabodo kerak bölsa!
Men yöqotgan tufligimga roziman! Alloh hammamizga insof bersin! Va nihoyat TV xodimlariga alohida rahmat, beş yil TVdan çiqmaganimni hissasini çiqarişdi, törtta kanalda ketma ket körindim. Ramazon muborak!!”












