Britaniya deputatlari, Birlaşgan qirollikning sobiq boş vaziri Toni Blerni mahkama jarayoniga jalb etiş va unga nisbatan Iroqdagi uruş borasida ayblov e'lon qilinişiga erişiş niyatida, deb yozmoqda The Guardian naşri.

"Buning sababi şundaki, Iroq mojarosida 179 nafar Britaniya askari va 150 ming odam halok böldi hamda dunyo terroristik tahdidga töqnaş keldi", - degan Şotlandiya milliy partiyasi deputati Aleks Salmond, Buyuk Britaniyani Iroq uruşiga tortgani uçun Bler "huquqiy va siyosiy jihatdan javob berişi"ga çaqirar ekan. 

NATOning Iroqqa qarşi harbiy kampaniyasi doirasida Britaniyaning ham iştirokiga oid hisobot 6 iyul kuni e'lon qilinişi kutilmoqda. 

Qayd etiş joizki, Birlaşgan qirollik keng jamoatçiligi mamlakatning Iroq uruşida qatnaşişiga qarşi edi. Ayni şu holat, Blerning 2007 yilda iste'foga çiqişiga sabab bölgandi. 

Keyinroq, Britaniya matbuotida, Bler va AQŞ prezidenti Jorj Buş, neft konlari ustidan nazoratni qölga kiritiş maqsadida jamoatçilikni çalğitgani töğrisidagi fikrlar paydo böldi. 

Toni Bler ham CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida, AQŞ va uning ittifoqçilari qöşinlarining Iroqqa bostirib kirişi IŞIDning paydo böliş sabablaridan biri ekanini tan olgandi. 
 

Foto:© Ben Stansall/Pool Photo via AP