Google kompaniyasi virtual reallik sohasi böyiça rivojlaniş işlarini davom ettirmoqda. Chrome brauzerining dasturçilari mobil qurilmalarda VR rejimni integratsiyalaşdi. Sinov jarayonida maşhur brauzerning sönggi versiyasi — Chrome Dev'ga ega bölgan foydalanuvçilar iştirok etişi mumkin.
Yangi Çrome'da paydo bölgan sozlama WebVR standartiga asosan VR qurilmalarni VR saytlar bilan moslaştira oladi. Bu haqda Road To VR xabar berdi.
"Chrome Dev'da endilikda Daydream qurilmalariga tayyor foydalanuvçilar yoki Cardboard egalari uçun veb-sahifalarni VR rejimda tomoşa qilişga imkon beruvçi VR Shell sozlamasi mavjud", - deydi Google Chromium loyihasining iştirokçisi Fransua Bofor.

Dasturçilarning sözlariga köra, yangi funksiya mutlaqo istalgan saytni (sayt VR uçun yaratilganidan qat'i nazar) virtual reallikda tomoşa tomoşa qiliş uçun moslaştira oladi.
Hozirça texnologiyaning ommaviy foydalanişga çiqiş sanasi ma'lum emas. Uni faqatgina VR rejim asosidagi Google Daydream taqdimotidan söng kutiş mumkin — ya'ni 2016 yil oxiri yoki undan keyinroq.
Radioteleskopdan foydalana boşlaşdan avval u astoydil sinovdan ötkazilişi kerak böladi.
















