Yaponiyada sönggi hafta içida issiq urişi natijasida 6 kişi halok böldi, kamida 2847 kişi şifoxonaga yotqizildi. Bu haqida mamlakatda FVV va tez yordam vazifasini ham bajaruvçi Yonğin boş boşqarmasi xabariga asoslanib, TASS ma'lum qildi.
Boşqarma xabariga köra, issiqdan jabr körganlar soni iyun oyi örtalariga nisbatan uç barobar oşdi. Aprel oyining oxiridan buyon Yaponiyada issiq urişi natijasida şifoxonaga yotqizilganlar soni taxminan 9 ming kişini taşkil etdi.
Ötgan dam oliş kunlari Yaponiyaning barça hududlarida juda issiq havo kuzatildi. Mamlakat markazida harorat Tselsiy böyiça 38 gradusdan ortiqni taşkil etdi. Mahalliy tibbiyot xodimlari odamlarni quyoş ostida köp yurmaslikka, boş kiyimlarini kiyişga va imkon qadar köp suyuqlik içişga çaqirişmoqda.
Yaponiya meteorologiya boşqarmasi bu yil Tinç okeanidagi El-Nino va La-Ninya iqlim fenomenlari ta'siri tufayli yozda anomal issiq harorat kuzatilişini prognoz qilmoqda. Iyul oyi oxiri va avgust oyi boşlarida jazirama haroratning avjiga çiqişi kutilmoqda.
Ötgan yili Yaponiyada issiq urişi natijasida 100 nafardan ortiq kişi halok bölgan.
















