Xitoydagi Luşan kolleji talabalariga issiqdan himoya sifatida ulkan muz bölaklari tarqatilmoqda. Bu haqida VVS agentligi ma'lum qildi. Öquv muassasasi rahbariyati yotoqxonalardagi sovutiş moslamalarining yetişmasligi haqidagi şikoyatlarga şu tariqa javob qaytardi.
Mazkur kollej Guansi Fan va texnologiyalar universiteti tarkibiga kiradi. Talabalarga möljallangan 28 tonna muz uçun umumiy hisobda 5 ming xitoy yuani (750 dollar) sarflandi. Ular uçun har kuni keçqurun muz bölaklari keltiriladi. Talabalar muzni yorib, uni çelaklarda öz xonalariga olib ketişadi.
Öquv muassasining harakatlari Xitoy ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvçilari tomonidan turliça qabul qilindi. Aksariyat foydalanuvçilar universitet sovutgiç tizimini yölga qöyib olişi kerakligini aytişgan bölsa, boşqalari, aksinça, muz bilan ta'minlaş - ekologik jihatdan töğri qaror deya, bu ğoyani qöllab-quvvatlaşgan.
Universitet rahbariyati hozirgi paytda sovutgiçlar işlaşini yölga qöyişning mahalliy tarmoqlar tufayli iloji yöqligi va muz tarqatiş vaqtinçalik qöllangan çora ekanligini ma'lum qildi.











