"San-Raffaele" şifoxonasida yuragidan jarrohlik amaliyotini ötkazgan Italiyaning sobiq boş vaziri Silvio Berluskoniga javob berildi. Bu haqda, tibbiyot muassasasi oldida töplangan jurnalistlarga siyosatçining özi ma'lum qilgan. 

14 iyun kuni siyosatçining yuragida ötkazilgan oçiq jarrohlik amaliyotida, uning aorta klapani almaştirilgan edi. Dastlab, Berluskoni bir haftadan köproq şifoxonada qolişi aytilgandi. Biroq, keyinçalik tibbiyot xodimlari, uning şifoxonadagi tiklaniş muddatini uzaytirişga qaror qilişgan. 

Berluskoni şifoxonadan Milan yaqinida joylaşgan Arkoredagi uyiga ketgan. 

Sentyabrda 80 yoşni qarşi oladigan Berluskoni aorta klapanidagi nuqson sababli jarrohlik stoliga yotqizilgan edi. 

 

Foto:© AP Photo/Luca Bruno